So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – 4 250,5 mlrd. so‘m.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 73,8 % ini tashkil etdi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi eng ko‘p ulush Andijon viloyatida – 96,6 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nikohdan ajrashgan oilalar soni 44 742 nafar qayd etilgan. Nikohdan ajrashgan oilalar tarkibida 3 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajrashganlar ulushi 5,8 foizni (2616 kishi) tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nikohdan ajrashgan oilalar soni 44 742 nafar qayd etilgan. Nikohdan ajrashgan oilalarda jami farzandlari soni 43 515 nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, ulardan chegarani avtotransport orqali oʻtganlar – 5,5 ming nafar. 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 78,4 % ni tashkil etdi. Сhakana savdo aylanmasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi yuqori bo‘lib  47,3 % ni tashkil qildi, kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushi esa  31,1 % ni tashkil qildi.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi bilan birga, davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2022- yil 1- dekabr holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshganligi ma’lum bo‘lib, ularning yillar kesimida o‘sishi quyidagicha o‘z aksini topdi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 796,6 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 128,3 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 16 958,6 mlrd. so‘mga oshib, 65 910,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 167 747,6 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi. Сhakana savdo aylanmasi hajmida yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasi yuqori bo‘lib  101 251,4 milliard so‘mni tashkil qildi, kichik korxonalar esa  66 496,2 milliard so‘mni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 16 958,6 mlrd. so‘mga oshib, 65 910,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, ulardan chegarani piyoda oʻtganlar – 477,1 ming nafar.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 352,1 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 11 304,3 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-sentabr oylari bilan solishtirilganda Andijon viloyatining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YAHM hajmi o‘sish sur’ati 114,% ni tashkil etdi.