So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2022 yilning 1- dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar soni 36 465 nafar boʻlib, jami tadbirkorlik subyektlari ulushining 7,0 foizni (soni 523 852 nafar) tashkil etdi va soʻnggi besh yilda ularning oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 79,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,6 %) viloyatlarida kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 94852,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,4 % ini tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi tegishli davrda:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 502,1 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida kompyuter dasturlashtirish bo‘yicha xizmatlarning yuqori o‘sishi Samarqand (53,2  %), Toshkent (39,1  %) viloyatlari va Toshkent shahrida (42,5 %) kuzatildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng 71,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Uzoq masofaga qatnovchi poyezdlarga chipta narxlari noyabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 0,4 % ga arzonlashgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 83 623 tani tashkil etgan boʻlib, ularning dinamikasi  soʻnggi yillar kesimida qaralganda quyidagi koʻrinishda aks etdi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14,4 ming tonna makaron va makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida reklama va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 679,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar- noyabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 118,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 18 233,3 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

2021-yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ishlagan xodimlarga hisoblangan jami ish haqi koʻrinishidagi daromadlar miqdori 21258,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan boʻlib, mos ravishda 2020-yilga nisbatan 5740 mlrd. soʻmgan yoki 137,0 % oʻsish qayd etilgan. Jami hisoblangan ish haqi koʻrinishidagi daromadlarning 4622,2 mlrd. soʻmi yoki jami ish haqi fondining 21,7 % kichik korxona va mikrofirmalarda faoliyat olib borgan ayollar uchun toʻlangan.

Joriy yilning noyabr oyida restoranlar va mehmonxonalar xizmatlari narxlari 2021-yilning noyabriga nisbatan 22,5 % ga oshib, kuzatiladigan boshqa sohalar orasida narxlar oshishi boʻyicha yetakchilik qildi.  

2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni (15 497 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan boʻlib, ularning soʻngi yillar kesimidagi oʻsish dinamikasi quyidagicha koʻrinishni hosil qildi:

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 553,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu xizmat turning jami hajmida Toshkent shahrining ulushi 61,3 % (4 018,6 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,7 %i yoki 79 055,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.