So'nggi yangiliklar
06/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlarining soni 14 958 tani tashkil etdi va ularning soʻnggi besh yildagi dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:
2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 862,8 ming boshga yetdi.
2022- yil yanvar-oktabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Toshkent shahri (15 180,7 mlrd. so‘m), Samarqand viloyati (4 999,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyati (4 944,4 mlrd. so‘m) va Toshkent viloyatida (4 437,2 mlrd. so‘m) qayd etildi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 99375,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabrida nisbatan o‘sish sur’ati yuqori bo‘lib, 110,7 % ini tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi tegishli davrda 2020- yilning yanvar-sentabrida 71025,5 mlrd. so‘m, 2021- yilning yanvar-sentabrida 80647,7 mlrd. so‘m bo‘lgan.
Pasterizatsiya qilingan sut narxlari joriy yilning noyabr oyida 3,5 % ga, xom (qayta ishlanmagan) sut esa 2,1 % ga qimmatlashdi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida sut narxlarining oʻrtacha darajasi 16,5 % ga, shu jumladan, pasterizatsiya qilingan sut 18,2 % ga, xom sut 15,3 % ga qimmatlashgan.
2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 98 170 tani tashkil etib, jami korxonalarning (588 823 ta) 16,7 foiz ulushini tashkil qildi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 97 271 tani tashkil etdi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 169,7 ming tonna dinatriy karbonati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,2 % ni tashkil etdi.
2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, bulardan 1364 nafari hindistonliklardir.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Uy-joy umumiy maydonining o‘rtacha bir kishiga ta’minlanganlik darajasi 2020- yilga nisbatan 16 kv. m. dan to 18,2 kv. m. (2,2 kv. m.) gacha o‘sgan. MDH davlatlari orasida ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston Qirgʻiziston Respublikasidan (13 kv.m) va Tojikiston (9 kv.m) dan oldinda, biroq Belarus Respublikasi (28,9 kv.m), Rossiya (27,8 kv.m) hamda Qozog‘iston Respublikasi (23,2 kv.m.)dan pastroq.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan Xorazm viloyatida – 1 078 taga yoki 131,6 % ga ko‘p tashkil qildi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning noyabrida guruch va guruch oqshogʻi 1,7 % ga oshib, oʻtgan yilning oxiriga nisbatan 22,7 % ga qimmatlashdi. 2021-yilning noyabriga nisbatan guruch narxlari 22,5 5 ga oshdi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 813,2 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada otlarning umumiy bosh soni 264,0 ming boshga yetdi.Otlarning asosiy qismi 193,9 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 73,4 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.Otlarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (13,2 %), Jizzax (11,1 %) va Samarqand (10,6 %) viloyatlarida ham mavjud otlar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda jami 11015 ta sport zallari mavjud. 2020-yilda esa ushbu koʻrsatkich 10950 tani tashkil etgan. Oʻtgan yil bilan solishtirilganda mamlakatimizdagi sport zallari 65 taga koʻpaygan.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yo‘lovchi transportining barcha turlari bo‘yicha 4 509,8 mln. kishi tashildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Belarus Respublikasidan (1 153,1 mln. kishi), Qirg‘iziston Respublikasidan (374,1 mln. so'm), Moldova Respublikasidan (173,6 mln. kishi) va Armaniston (15 mln. so'm)dan oldinda, Rossiya (13 718 mln. kishi) va Qozog‘iston (5 185,8 mln. kishi)dan keying o‘rinda turadi.
05/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar- oktabr oylarida Andijon viloyatida jami 5 440,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.
348-sahifa 385 dan




