So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 65 456 dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 135,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 20 853 dona “Nexia” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 80,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan ijara xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – 1 488,8 mlrd. so‘m.

2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 955,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Toshkent shahrida ushbu xizmat turiga talab nisbatan yuqori. Huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlarining umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 79,3 % ni (757,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.Nisbatan pastroq koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 2,7 mlrd. soʻm (huquq va buxgalteriya hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 0,3 % i).

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 523 852 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 520 199 tani tashkil etgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 33,7 trln. soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 46,8 % ini tashkil etdi.Shuningdek, tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha 4 689,4 mlrd. soʻm yoki 6,5 % , qishloq xoʻjaligi 5216,0 mlrd. soʻm yoki 7,2 %, qurilish 1 744,1 mlrd. soʻm yoki 2,4 % va axborot va aloqa 1 043,5 mlrd. soʻm jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 1,4 % ni qayd etildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 45,7 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p ulush kichik korxona va mikrofirmalarda bo‘lib, 30,5 % ni tashkil qildi.

2022-yilning noyabr oyida repetitorlik narxlari oktabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi qariyb 45 mlrd. AQSH dollariga yetdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda jami 2609 ta milliy sport guruhlari mavjud. 2020-yilda esa ushbu koʻrsatkich  2485 tani tashkil etgan. Oʻtgan yil bilan solishtirilganda mamlakatimizdagi milliy sport guruhlari 124 taga koʻpaygan.

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashish 414,4 mln. tonna yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar bolib, 276,7 mln. tonnani tashkil qildi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 118,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,3 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022-yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (588 823 ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 14 272,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 39,7 % ga yetdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning yuqori o‘sishi Xorazm (84,5 %), Namangan (44,1 %), Buxoro (35,6 %) va Qashqadaryo (28,3 %) viloyatlarida qayd etildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan: