So'nggi yangiliklar

2021-yil yakunlariga koʻra kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 36 472 tani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan mos ravishda 177 taga koʻpaygan. Shuningdek, ayollar rahbarligidagi korxonalar soni jami hisobot taqdim etgan kichik korxona va mikrofirmalardagi ulushi, 11,3 % ni tashkil etgan.

2022- yil 1-dekabr  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 978 ta boʻlib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan va ularning soʻnggi besh yilda qanchaga koʻpayib borganligini quyidagida  koʻrishimiz mumkin:

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 133,2 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 104,1 %), 899,8 ming tonna sut (101,0 %), 397,9 mln. dona tuxum – (101,3 %), yetishtirildi va 13 907 t. baliq (165,6 %) ovlandi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida pochta va kuryerlik xizmatlarining yuqori o‘sishi Qashqadaryo (63,8 %), Surxondaryo (60,3 %), Farg‘ona (51,3 %), Namangan (43,4 %) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (34,6 %) qayd etildi.

Buxoro viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6836,2 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,9 % ini tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi tegishli davrda:

Qayd etish kerakki, sanoat tarmogʻi iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega boʻlgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 barobarga oshgan boʻlib, ularning soʻnggi besh yildagi dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlarning xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi (302,2 mlrd. so‘m).

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 30,3 ming nafarni tashkil etgan.

1991-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida ayollarning ulushi 50,6 foizni tashkil etgan. 2022-yil boshiga kelib esa ushbu koʻrsatkich 49,7 foizni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 0,9 foizga kamaygan.

2022- yil yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari boyicha past hajm, Sirdaryo viloyati  - 1 654,8 mlrd. so‘m, yoki jamiga nisbatan ulushi 2,1 % ni,   Jizzax viloyati - 2 561,2 mlrd. so‘m yoki 3,2 %ni, Xorazm viloyati - 3 325,4 mlrd. so‘m yoki 4,2 %ni va  Navoiy viloyatida - 4 025,5 mlrd. so‘m yoki 5,1 %ni tashkil etdi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda tabiiy fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 9,3 ming nafarni tashkil etgan.

2021-yil yakunlari maʼlumotlari asosan kichik korxona va mirofirmalarda yil oxiriga mehnat daftarchasi mavjud boʻlgan xodimlar soni 1388,1 ming kishini tashkil etgan boʻlib, ulardan 318,0 mingtasi oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar hisoblanadi.

Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan savdo korxonalarining soni 181 725 ta boʻlib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan. Soʻnggi besh yilda savdo korxonalari qanchaga koʻpayib borganligi quyidagida koʻrishimiz mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 595,9 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 118,5 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-104,1 % ni tashkil etdi.

1991-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.