31/10/2023

Joriy yilning 31-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi xodimlari tomonidan 2023-yilning 3-chorakda o‘tkazilgan 4-xizmat (JSH) va 4-TR (YaTT) kuzatuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda  3-chorak kuzatuv yakunlari yuzasidan hududiy statistika bo‘limlarining mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan 2023-yil 4-chorakda o‘tkaziladigan kuzatuvlarni sifatli tashkil etish va barcha xizmat turlarini qamrab olishda ma’lumotlarni haqqoniy, shaffof holatda shakllantirish va joyida planshet qurilmasiga kiritish kerakligi keng va atroflicha tushuntirildi.

 

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya