27/07/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 27-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son va 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son farmonlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



Ma’ruzada davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xodimlarga xizmat vazifalarini bajarishda halollik, xolislik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan savollariga javoblar berilib, korrupsiyaning oldini olish va davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash har bir davlat xizmatchisining muhim vazifasi ekani qayd etildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya