O‘zbekistonda yarim yilda 614,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-iyun oylarida 614,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Mazkur davrda ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Ko‘mir – 2,5 mln tonna;
Dizel – 568 ming tonna;
Neft – 313,8 ming tonna;
Tabiiy gaz – 18,3 mlrd kub.m;
Gaz kondensati – 462,1 ming tonna;
Avtomobil dvigatellari – 126,7 ming dona.




