O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 9 yoshga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:
1991 yilda – 66,4 yosh
1995 yilda – 69,1 yosh
2000 yilda – 70,8 yosh
2005 yilda – 71,8 yosh
2010 yilda – 73 yosh
2015 yilda – 73,6 yosh
2020 yilda – 73,4 yosh
2024 yilda – 75,1 yosh
2025 yilda – 75,4 yosh




