2026 yil 1 iyun holatiga ko'ra Andijon viloyatida 27 932 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda
Andijon viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2026 yil 1 iyun holati bo'yicha Andijon viloyatida 27 932 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Bu ko'rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 3,9 % ga oshgan.

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:
Savdo – 8 342 ta
Sanoat – 4 759 ta
Qurilish – 1 779 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar – 1 394 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi – 1 346 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish – 1 285 ta
Tashish va saqlash – 756 ta
Axborot va aloqa – 485 ta
Boshqa turlar – 7 786 ta




