Joriy yilning 4-iyun kuni Andijon viloyatining Yangi Andijon massivida “Talaba Expo – 2026” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda bitiruvchilarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyatidagi yirik ish beruvchi tashkilotlar, korxona va muassasalar o‘zlarining bo‘sh vakant lavozimlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida yoshlar korxona va tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot olib borib, ishga joylashish, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, tadbir doirasida bitiruvchi talabalar uchun kasbiy yo‘nalish, tadbirkorlik va mehnat bozori bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Talaba Expo – 2026” tadbiri tashkilot va korxonalar uchun salohiyatli yosh mutaxassislarni aniqlash, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda yoshlarning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.





