📢 DIQQAT: STATISTIKA HISOBOTINI TOPSHIRISHNI UNUTMANG!
2026-yilning yanvar-mart (I chorak) oylari uchun “4-qurilish (jismoniy)” shaklidagi (Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida) choraklik statistika hisobotini topshirish muddati yaqinlashmoqda.
💻 Topshirish tartibi:
Hisobotlar hisobot.stat.uz sayti orqali eStat-4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida, faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
⏰ Oxirgi muddat: 2026-yil 25-aprel.
⚠️ HUQUQIY OGOHLANTIRISH:
Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki muddatlarni kechiktirish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
✅ Hisobotni oxirgi kunga qoldirmasdan, xato va kamchiliklarsiz topshirishingizni so‘raymiz.





