12 mingdan ortiq ayollar 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Tug‘ilishlar onaning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
– 25 yoshgacha – 355 111 nafar (40,4 %);
– 25-39 yoshdagilar – 512 034 nafar (58,2 %);
– 40 yosh va undan kattalar – 12 454 nafar (1,4 %).




