14/03/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Bugun erta tongdan boshqarmaning barcha xodimlari tomonidan umumxalq xayriya hashari doirasida tozalik ishlari olib borilmoqda.

Hashar davomida muassasa binosi atrofi tozalanib, hudud tartibga keltirilmoqda. Xodimlar tomonidan bino atrofi supurilib, turli chiqindilar yig‘ishtirildi hamda hudud obodonlashtirilmoqda. Daraxtlar tagi yumshatilib, atrof-muhitni yanada ozoda saqlash maqsadida tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday hasharlar hududda tozalik va sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda aholi uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari kelgusida ham obodonlashtirish va tozalik ishlarini muntazam ravishda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya