Statistika boshqarmasida "8-mart - xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasida go‘zal bahor bayramlaridan biri xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan boshqarmada faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotgani, ularning davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, statistika tizimida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi hamda bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash har birimizning muhim vazifamiz ekani alohida takidlandi.







