Andijon viloyati "Bog‘i Bobur" maydonida Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Bog‘ishamol hududida buyuk shoir va sarkarda Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’rifiy anjuman tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar hamda keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Andijon viloyati hokimi — Shuhrat Abdurahmonov ham qatnashib, Bobur merosining tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.



Ushbu ma’rifiy tadbirda Andijon viloayati statistika boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etdi.
Tadbir davomida Boburning boy adabiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi mahorati, sarkardalik salohiyati hamda jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.




