Andijon viloyati statistika boshqarmasida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi
Joriy yilda Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2025 yildagi "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-270-son Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:
Farmon bilan Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 2026 yil 1 iyuldan 2030 yilgacha davlat organlari va tashkilotlarida, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga ko‘ra "qoniqarsiz" deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmentini sertifikatlash milliy tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Milliy tizimning belgilangan muddatlarda joriy etilmasligi davlat organlari yoki tashkilotlari rahbarlariga va ularning o‘rinbosarlariga rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni uni joriy etishdan oldin to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.




