ANDIJON VILOYATIDA YANA BIR SOVRINDOR TAQDIRLANDI
2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi boshlandi.
Mazkur bosqich davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali sovrinli tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi sovrindor Andijon viloyati Oltinko'l tumanining “Oq tumor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘ldi.
G‘olibga statistika xodimlar tomonidan Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.

Siz ham jarayonda faol ishtirok eting — balki navbatdagi sovrindor aynan siz bo‘lishingiz mumkin!




