29/01/2026

 Andijon viloyatida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan navbatdagi sovrindor taqdirlandi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari doirasida Milliy statistika tizimi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida navbatdagi sovrindorni tasodifiy tanlash (random) o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Andijon viloyatining Asaka tumani Qadriyat mahallasida yashovchi fuqaro Abdiroziqov Akramjon ham sovrindor deb topildi.

Ushbu fuqaroga tegishli tartibda planshet qurilmasi taqdim etildi.

Vaqt juda oz qoldi. Siz ham bugun onlayn ro‘yxatdan o‘ting — ertaga g‘olib bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya