27/01/2026

Andijon viloyatida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro sovrin bilan taqdirlandi.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari doirasida Milliy statistika tizimi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli asosida sovrinli tanlov o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro Yusupov Xusanboy ham sovrindor deb topildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i Nodirbek To'xtaboyev va Andijon viloyati hokimiyati vakili Atamtayev Jamoldin tomonidan g‘olibga Tashakkurnoma, zamonaviy planshet qurilmasi hamda vilyat hokimiyati tomonidan estalik sovg'alar topshirildi.

Siz ham bugun onlayn ro‘yxatdan o‘ting — ertaga g‘olib bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya