26/01/2026

ANDIJON VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING YILLIK HISOBOTI SHAKLLARI BO'YICHA O'QUV SEMINARI BO'LIB O'TDI.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi Tadbirkorlikni subyektlari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i Kenjaboyev Fayozbek Odilbek o'g'li tomonidan 2025-yil yakuni bo'yicha kichik biznes subyektlari tomonidan topshirilishi kerak bo'lgan hisobot bo'yicha tushintirish ishlari olib borildi.

Jumladan yillik 1 KB xisoboti tugatilib 1 korxona hisobotiga o'zgartirilgani va ushbu hisobot shakli tuman shahar statistika bo‘limi hodimlariga atroflicha tushuntirildi. Ushbu hisobot shakliga ko'ra endilikda quyidagi talablardan kamida bittasiga mos kelgan kichik biznes subyektlari hisobot topshirishlari kerak:

- Yillik o'rtacha xodimlar soni 5 nafardan ortiq bo'lsa;

- Yillik tushum BHM ning 2000 barobaridan ortiq bo'lsa;

- Davlat ulushi 50% va undan yuqori bo'lsa;

- Aksiz solig'i to'lovchisi bo'lsa;

- Davlat dasturida ishtirokchi bo'lsangiz.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya