Andijon viloyatida aholini ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Xususan Andijon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 19-sentabrda qabul qilingan PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash doirasida 2026-yil 22-yanvar kuni “O‘zavtosanoat” AJ bosh direktor o'rinbosari F.To'rayev hamda tuman hokmining birinchi o'rinbosari I.Muqimjonovlar boshchiligida Andijon viloyati Andijon tumanida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, tuman shtabi a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ro‘yxatga olish jarayoniga doir bajarilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ul idoralar o‘rtasida vazifalarni aniq belgilab olindi.





