09/12/2025

Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat va jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.