O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, 11-noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilandi.
Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o‘z aʼzolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.
Qadrli, kasaba uyushmasi xodimlari Sizlarni Andijon viloyati satatistika boshqarmasi jamoasi kasb bayramingiz — Oʻzbekiston kasaba uyushmasi xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Sizlarga sihat-salomatlik, masʼuliyatli ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!




