Joriy yilning 8-noyabr sanasida Buloqboshi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-son Farmoni hamda Vazirlar mahkamasining 629-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi a’zolariga o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari A.Muratov, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.To‘xtaboyevlar ishtirok etdi.

Seminar davomida tuman statistika bo‘limi mas’ullari, mahalla yettiligi vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, mazkur Farmon va qarorning mazmun-mohiyati, ularni joylarda samarali tatbiq etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek aholining yashash joylari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va dehqon xo‘jaliklarini aniq ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Seminar yakunida mahalla yettiligi vakillari bilan savol-javoblar o‘tkazilib, joylardagi mavjud muammolar va takliflar tinglandi.




