Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Ulug‘nor tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 320,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,2 % ga o‘sdi.
Aholi jon boshiga koʻrsatilgan xizmatlarining oʻrtacha hajmi 4 973,5 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 % ga oshgan.





