14/10/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi 61,5 trln soʻmni tashkil qildi.

Bu ko'rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 7,2 % ni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 96,7 % ni, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 1,8 % ni, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash 1,3 % ni, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish 0,2 % ni tashkil etdi.