Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Buloqboshi tumanida 154 ta sanoat korxonalari tomonidan 1 473,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 138,1 % ni tashkil etdi.




