10/10/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Baliqchi tumanida transport xizmatlari hajmi 313,6 mlrd so‘mni yoki jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 28,4 % ni tashkil qildi.

Bu koʻrsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o'sish sur'ati 111,3 % ni tashkil etdi.

Bozor xizmatlari hajmi, aholi jon boshiga koʻrsatilgan xizmatlarining oʻrtacha hajmi 5 001,2 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 % ga oshgan.