10/10/2025

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti S.To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” gi va “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni mazmun–mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.