09/10/2025

Andijon viloyatida 2024-yil yakuni boʻyicha faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining umumiy soni, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻshgan holda, 4 324 tani tashkil etgan.

 Bu koʻrsatkich 2023-yil yakuniga nisbatan 333 taga, yaʼni 8,3 % ga oshgan.

Andijon viloyatida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni esa 2024-yil yakuniga koʻra 3 529 tani tashkil etgan boʻlib, 2023-yilga nisbatan 317 taga, yaʼni 9,9 % ga koʻpaygan.

Faoliyat yuritayotgan MTT va oilaviy nodavlat MTT soni yillar kesimida:

2020-yil – MTT lar soni– 2 031, nodavlat MTT lar soni – 1 347

2021-yil – MTT lar soni– 2 650, nodavlat MTT lar soni – 1 932

2022-yil – MTT lar soni– 2 950, nodavlat MTT lar soni – 2 185

2023-yil – MTT lar soni– 3 991, nodavlat MTT lar soni – 3 212

2024-yil – MTT lar soni– 4 324, nodavlat MTT lar soni – 3 529