Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- yanvar holatiga Jalaquduq tumanida tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 92 tani tashkil etgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
– savdo sohasida – 45 ta;
– sanoat sohasida – 26 ta;
– xizmatlar sohasida – 13 ta;
– boshqa sohalarda – 8 ta.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 313,2 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyatdagi ulushi 25,6 % ga to‘g‘ri kelgan.





