Joriy yilning 12-sentyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.


Shuningdek, tadbirda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi, davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish, ularni “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish, xodimlarining kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini ta’minlash ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.




