Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- yanvar holatiga Andijon shahrida tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 345 tani tashkil etgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
– xizmatlar sohasida – 198 ta;
– savdo sohasida – 100 ta;
– sanoat sohasida – 37 ta;
– boshqa sohalarda – 10 ta.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 386,6 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyatdagi ulushi 31,6 % ga to‘g‘ri kelgan.




