Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida 367 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 123 tasi qo‘shma va 244 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 46,0 % – sanoat sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ular quyidagicha:
sanoat sohasida – 169 ta;
savdo sohasida – 84 ta;
qurilish sohasida – 28 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 17 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 12 ta;
tashish va saqlash sohasida – 11 ta;
axborot va aloqa – 9 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 4 ta;
boshqa sohalarda – 33 ta.




