Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- yanvar holatiga Andijon viloyatida tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 227 tani tashkil etgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
– xizmatlar sohasida – 441 ta;
– savdo sohasida – 507 ta;
– sanoat sohasida – 197 ta;
– boshqa sohalarda – 82 ta.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 1 224,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 415,0 mlrd so‘mga oshgan.




