Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo‘lgan muddatda)amalga oshirilib,
Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish (normativ hujjatlar, dasturiy ta’minot, tashkiliy ishlar) ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr) gacha bo‘lib,
Bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr) dan iborat bo‘lib,
Aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlari jamlanadi, elektron bazaga kiritiladi, kodlashtirish, nazorat, tahrir qilinadi natijalari e’lon qilinadi.
Kutilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tsak,
Har bir ma’muriy-hududiy birliklar kesimida ya’ni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo‘yicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi. Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish uchun Ilmiy izlanishlarda foydalanish. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha indikatorlarning shakllanishi Xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini oshirish. Barcha darajadagi demografik holatlar ya’ni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari. Hozirgi demografiyaning aniq hisobi va kelajakdagi prognozi. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarning aniq shakllantirilishi. Tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun. Uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi ma’lumotlarini aniq hisobini shakllanishish jumlasidan iborat.




