Joriy yilning 22- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Yusupov Jalaquduq tumanida bo‘lib, ushbu hududning Xasanobod mahalla fuqarolar yig‘inida tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan 1- dx shakli "Dehqon va tomorqa xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida"gi statistika kuzatuvining borishi bilan tanishdi.


Kuzatuv davomida joriy yilda uy xo‘jaligi tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, asosiy turdagi chorva va parranda bosh sonlari hamda chorvachilik mahsulotlari, qolaversa, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni planshet qurilmasiga to‘g‘ri va to‘liq kiritish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.





