Joriy yilning 14-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi M. Mamajonova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Xonobod shahridagi “Anhor” MFYda istiqomat qiluvchi M. Mamirovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 156 ta mahsulotlar turi bo‘yicha sotib olib va iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlariga ketgan hamda xizmatlar sohasiga qilingan xarajatlar, uy xo‘jaligi tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatkich va sovitkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil va boshqa buyumlar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va planshet qurilmasiga kiritildi.




