12/08/2025

 Joriy yilning 11-avgust kuni Andijon viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig'i J. Abdukarimov va mutaxassisi Z. Xoldarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Andijon shahridagi “Yangi hayot” MFYda istiqomat qiluvchi M. Xakimovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Uy xo‘jaligi olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalari, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 156 ta mahsulotlar turi bo‘yicha sotib olib va iste'mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlariga ketgan hamda xizmatlar sohasiga qilingan xarajatlar, uy xo‘jaligi tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil va boshqa buyumlar bilan ta'minlanganligi haqidagi ma'lumotlar shakllantirildi va planshet qurilmasiga kiritildi.