Joriy yilning 11-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i N.G‘ To‘xtaboyev va Shahrixon tumani statistika bo'limi boshlig'i A.Qobulov bilan birgalikda Shahrixon tumanida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi.

Kuzatuv jarayonida bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.




