11/08/2025

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 11-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi S. Giyasova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Jalaquduq tumanidagi “Aqcha” MFYda istiqomat qiluvchi R. Shabdanovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib,  fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.