11/08/2025

2025- yilning 1-iyul holatiga Buloqboshi tumanida 1 814 ta korxona va tashkilot roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 853 tasi (47,0 %i) faoliyat yuritgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 627 tasini (73,5 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Savdoda – 222 ta

Sanoatda – 171 ta

Qurilishda - 51 ta

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 45 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 41 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 30 ta

Axborot va aloqa – 23 ta

Tashish va saqlashda – 17 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 253 taga to‘g‘ri keldi.