Joriy yilning 11-avgust kuni Oltinko'l tumani statistika bo‘limi boshlig'i A. Xoliqov tomonidan Oltinko'l tumanidagi “Markaz ” MFYda istiqomat qiluvchi Sh. Muqimova va “Saroy-2” MFYda istiqomat qiluvchi D. Hamrayevlar xonadonlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati





