07/08/2025

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning  barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.  Jumladan, joriy yilning 6-avgust kuni Andijon viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi G. Mominova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Andijon tumanidagi “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi T. Isroilovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib,  fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.