Joriy yilning 6-avgust kuni Paxtaobod tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi I.Usmonov tomonidan Paxtaobod tumanidagi “Shuvoqzor boykechik” MFYda istiqomat qiluvchi A. Ataliqov va “Fayziobod” MFYda istiqomat qiluvchi Sh. Mamadaliyevlar xonadonlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.





