Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Ulug'nor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 869 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 124 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 113 ta
Sanoatda – 92 ta
Qurilishda - 48 ta
Savdoda – 322 ta
Tashish va saqlashda – 16 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 44 ta
Axborot va aloqa – 12 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 17 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 205 taga to‘g‘ri keldi.
Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 704 tasini (81,0 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qiladi.




