Andijon viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga Izboskan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 368 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 157 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 69 ta
Sanoatda – 194 ta
Qurilishda - 76 ta
Savdoda – 483 ta
Tashish va saqlashda – 31 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 46 ta
Axborot va aloqa – 10 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 64 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 395 taga to‘g‘ri keldi.
Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 1 061 tasini (77,6 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qiladi.




