Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 860,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 215,4 mln dollarga yoki 10,4 foizga o‘sdi.
Tashqi savdo tarkibi quyidagicha:
Eksport hajmi – 479,6 mln dollar, bu 2024-yilga nisbatan 93,0 % ga ko‘p.
Import hajmi – 1 380,6 mln dollar, bu esa 11,5 % ga kamaydi.
Viloyat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Koreya Respublikasi - 26,4 %
Xitoy – 22,9 %
Rossiya – 13,4 %
Qozog‘iston – 9,5 %
Braziliya – 4,3 %
Umuman olganda, Andijon viloyati joriy yilning dastlabki olti oyida 75 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Bu viloyat tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayib borayotganidan dalolat beradi.




