24/08/2024

     Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi anʼanaga aylangan.

     Eʼtiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining to‘yu-tantanalari, maʼraka va turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yana-da yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

     Hukumatning tegishli farmoyishiga ko‘ra, 2024-yil 24-25-avgust kunlari «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

     Shu munosabat bilan Andijon viloyati statistika boshqarmasida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

     Unda Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etib, Boshqarma hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.